Chaqaloqlar parvarishi: yangi onalar uchun professional ko‘mak
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan uyga qaytgan kunlar ko‘pincha quvonchli, lekin bir oz chalkash ham bo‘lishi mumkin. Ko‘plab onalarda “to‘g‘ri emizyapmanmi?”, “kindigi qanday parvarish qilinadi?” kabi savollar paydo bo‘ladi. Ushbu maqola chaqaloq parvarishi bo‘yicha oddiy va amaliy tavsiyalarni beradi.
Eslatma: maqola ma’rifiy maqsadda yozilgan. Shifokor tavsiyalari har doim ustuvor.
Tug‘ruqdan keyingi ilk kunlar
Ilk haftalarda asosiy maqsad ideal rejim emas, balki xavfsizlik va tiklanishdir.
Chaqaloq uchun
- Xonada mo‘’tadil harorat bo‘lishi kerak
- Chaqaloq terlab ketmasligi muhim
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tez-tez emadi va tez-tez uxlaydi
Ona uchun
- Chaqaloq uxlaganda siz ham dam olishga harakat qiling
- Emizish davrida yetarli suyuqlik ichish muhim
- Yaqinlardan yordam so‘rash tabiiy
Emizish: to‘g‘ri tutish va muammolar
- Chaqaloq areolaning bir qismini ham og‘zi bilan olishi kerak
- Emizish paytida kuchli og‘riq bo‘lmasligi kerak
- Chaqaloqning iyagi ko‘krakka yaqin bo‘lishi muhim
Agar emizishda qiyinchilik bo‘lsa, pediatr yoki mutaxassis bilan maslahatlashish foydali.
Chaqaloq gigiyenasi
Cho‘miltirish
- Suv juda issiq bo‘lmasligi kerak
- Cho‘miltirgandan keyin teri burmalari yaxshilab quritiladi
Taglik almashtirish
- Taglik tez-tez almashtiriladi
- Teri qizarishi bo‘lsa himoya krem yordam beradi
Kindik parvarishi
Kindik joyi quruq va toza saqlanishi kerak. Agar qizarish yoki ajralma paydo bo‘lsa pediatrga murojaat qiling.
Uyqu xavfsizligi
- Chaqaloqni orqa bilan yotqizish tavsiya etiladi
- Yotoqda ortiqcha yumshoq o‘yinchoqlar bo‘lmasligi kerak
- Matras tekis bo‘lishi muhim
Pediatr konsultatsiyasi qachon kerak
- Chaqaloq emishda qiynalsa
- Kindik atrofida qizarish paydo bo‘lsa
- Taglik toshmasi kuchaysa
- Uyqu yoki yig‘lash keskin o‘zgarsa
Uyda tibbiy yordam kerakmi?
Onlayn Hamshira orqali uyga tibbiy xizmat buyurtma qilishingiz mumkin:
- uyga hamshira chaqirish
- uyda ukol qildirish
- tibbiy konsultatsiya